Barcha yangiliklar
Mahalla faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Gallery image 174580
Gallery image 174581
Gallery image 174582
Gallery image 174583
Gallery image 174584
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
01 Iyul 2026
10:56

Mahalla faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Mahalla faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati B.Ochildiyev o‘zi saylangan saylov okrugidagi "Istiqlol" mahallasida tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev bilan birgalikda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahalla raisi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolar bandligini ta’minlash hamda mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan olib borilayotgan faoliyat o‘rganildi.

Shuningdek, deputat va mas’ullar mahalla idorasiga tashrif buyurgan fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlarini tingladilar. Bildirilgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi hamda ijrosi yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram