Barcha yangiliklar
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi
Gallery image 174568
Gallery image 174569
Gallery image 174570
Gallery image 174571
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
24 Iyun 2026
10:50

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi

Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining Ijtimoiy doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan Shodlik MFY Nihol massivida yangi qurilgan 330 o‘rinli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan o‘rganish davomida ayrim kamchiliklar ham aniqlandi.
Jumladan, maktab hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari yetarli darajada amalga oshirilmaganligi, umumiy foydalanishdagi hojatxona old qismida yomg‘ir suvlarining to‘planishi oqibatida yer sathida cho‘kish holati yuzaga kelgani qayd etildi.
Shuningdek, yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida barpo etilgan suv havzasida suv zaxirasi yetarli darajada shakllantirilmaganligi hamda binoning ikkinchi va uchinchi qavatlarida joylashgan ayrim amaliy fan kabinetlarida suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar mavjudligi aniqlandi.
Doimiy komissiya a’zolari tomonidan aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, maktabni to‘liq foydalanishga topshirish uchun zarur choralarni ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur masala doimiy komissiya tomonidan nazoratga olinib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilishi belgilandi.