Barcha yangiliklar
Yangi maktab binosi faoliyatini tashkil etish masalasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
Gallery image 174546
Gallery image 174547
Gallery image 174548
Gallery image 174549
Gallery image 174550
Gallery image 174551
Gallery image 174552
Gallery image 174553
Gallery image 174554
Gallery image 174555
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
23 Iyun 2026
10:46

Yangi maktab binosi faoliyatini tashkil etish masalasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining Ijtimoiy masalalar bo'yicha doimiy komissiyasi raisi hamda a’zolari tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan yangi umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini tashkil etish masalasi yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida Shodlik MFY Nihol massivida barpo etilgan 330 o‘rinli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi hamda unda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
Qayd etilishicha, maktab binosi zamonaviy talablarga mos ravishda qurilgan bo‘lib, keng va yorug‘ o‘quv xonalari, fan kabinetlari, sport zali, kutubxona hamda boshqa zarur infratuzilmalar bilan ta’minlangan. Ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun zamonaviy mebel va jihozlar olib kelingan bo‘lib, ularni o‘rnatish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, binoda imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun zarur qulayliklar yaratilgan. Xususan, panduslar hamda lift mavjud bo‘lib, bu barcha o‘quvchilarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur maktabning foydalanishga topshirilishi Nihol massivida yashovchi o‘quvchilarning uzoq masofadagi maktablarga qatnab o‘qish zaruratini bartaraf etib, ta’lim olish uchun yanada qulay sharoitlar yaratadi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha masala yuzasidan tegishli taklif va mulohazalar shakllantirilib, navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish uchun tavsiya etildi.