Barcha yangiliklar
Mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan hisobot eshitildi
Gallery image 174498
Gallery image 174499
Gallery image 174500
Gallery image 174501
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
22 Iyun 2026
10:33

Mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan hisobot eshitildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 20-Taraqqiyot saylov okrugidan saylangan deputat, Ijtimoiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi Zokir Mullajonov tomonidan Taraqqiyot mahallasida mahalla yettiligi a’zolarining joriy yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Hisobotlar davomida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish, aholi muammolarini manzilli hal etish, davlat dasturlari ijrosini ta’minlash hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tegishli tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida mahalla yettiligi oldiga qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, aholi bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda fuqarolarning murojaatlariga tezkor yechim topish muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.