Barcha yangiliklar
Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va aholi muammolarini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
Gallery image 174494
Gallery image 174495
Gallery image 174496
Gallery image 174497
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
01 Iyul 2026
10:27

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va aholi muammolarini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari Avazbek Appaqov va Malikjon Jalolov "Sadoqat" mahallasida bo‘lishdi.

Tashrif davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda mas'ul tashkilotlarni jalb etgan holda amaliy yordam ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar jarayonida M. Ashrafiy ko‘chasidagi 2 ta hamda Lutfiy ko‘chasidagi 1 ta beton ustunni noqulay joylashgani sababli boshqa joyga ko‘chirish, shuningdek, "Ochiq budjet" dasturi asosida amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari munosabati bilan Lutfiy ko‘chasidagi 1 ta beton ustun va Beeline kompaniyasiga tegishli antennani boshqa joyga ko‘chirish zarurligi qayd etildi.

Mazkur masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.