Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish
Gallery image 174485
Gallery image 174486
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
01 Iyul 2026
10:21

#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati, Kengash raisi A.Turdiyev tashabbusi hamda mahalla aholisining faol ishtiroki va ovoz to‘plashi natijasida Tog‘ay Murod mahallasidagi ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish loyihasi “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida g‘olib deb topildi.

Ayni paytda mazkur loyiha asosida mahalla hududidagi ichki ko‘chalarda asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, ichki yo‘llarning transport qatnoviga yaroqliligini oshirish hamda hududning yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirishdan iborat.

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube