Barcha yangiliklar
Qarovsiz yotgan chiqindilarni tartibga keltirish va atrof-muhitni muhofaza qilish holatini joyida o‘rganildi
Gallery image 174453
Gallery image 174454
Gallery image 174455
Gallery image 174456
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
01 Iyul 2026
09:51

Qarovsiz yotgan chiqindilarni tartibga keltirish va atrof-muhitni muhofaza qilish holatini joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov, bosh mutaxassis A.Sa’dullayev hamda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi va Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamkorligida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

Ishchi guruh tumandagi “Xontepa” MFY hududida bo‘lib, qarovsiz yotgan chiqindilarni tartibga keltirish va atrof-muhitni muhofaza qilish holatini joyida o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tez fursatlarda bartaraf etish, hududda sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.