Barcha yangiliklar
Konstitutsiya — huquq va erkinliklarimiz kafolati
Gallery image 20021
Gallery image 20022
Gallery image 20023
Gallery image 20024
Gallery image 20025
Gallery image 20026
Gallery image 20027
Gallery image 20028
Gallery image 20029
ZOIROV BAHRIDDIN TO‘RABEK O‘G‘LI
06 Dek 2024
16:17

Konstitutsiya — huquq va erkinliklarimiz kafolati

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Unda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, senator D.Suvonova, viloyat Kengashi deputatlari Sh.Xolliyeva, G.Kravchenya, B.Karimova, universitet rektori A.Sattarov, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari Z.Alimardonova, viloyat Adliya boshqarmasi bosh adliya maslahatchisi B.Avazov hamda viloyat prokuraturasi xodimi R.Xusanovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda konstitutsiyaviy islohotlar va yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy davlatda adolatni ta’minlashning ahamiyatiga oid ma’ruza qilindi. 

Tadbirda talaba-yoshlar Konstitutsiyaga kiritilgan yangi normalar, moddalar bo‘yicha savollariga javoblar olishdi.