Barcha yangiliklar
Mehr-sahovat tadbirlari davom etmoqda.
Gallery image 20015
Gallery image 20016
Gallery image 20017
Gallery image 20018
Gallery image 20019
Gallery image 20020
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
06 Dek 2024
16:07

Mehr-sahovat tadbirlari davom etmoqda.

 Mehr-sahovat tadbirlari davom etmoqda. 

  

Mehr bu insondagi eng yuksak tuyg‘ularidan biridir. Mehrning bir ko‘rinishi bu odamiylikdir. Odamiylik – kishining
boshqa odamlarga, urug‘ – aymog‘iga mehr-shafqat ko‘rsatishi, yaxshilik qilishini,
insonparvarlik munosabatlarida bo‘lishini taqozo etadigan
ulug‘ fazilatdir. Mehr va muruvvat – insoniylikning
ajralmas belgilardan hisoblanib,
Mehr tushunchasiga muhabbat, sadoqat,
oqibat kabi tushunchalar hamohang bo‘lib, bularning har birida xalq donishmandligi
va milliy qadriyatlar o‘z ifodasini topgan. Muruvvat esa saxovat va rahmdil, o‘zgalarga
shafqatli bo‘lishni, qo‘li ochiqlik va bag‘rikenglikni ham anglatadi.
 

Mana shunday mehrga to‘la insonlardan biri bu Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashiga “25-Qo‘rg‘ontepa” okrugidan saylangan deputat Ilxomjon Abduraxmonovdir.
Tuman Kengashi deputati uzoq yillardan buyoni qator xayrli tadbirlarni amalga oshirib
kelmoqda. 3-noyabr xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan I.Abduraxmonov o‘zi
saylangan okrugda joylashgan mahallalarda istiqomat qiluvchi 12 nafar ijtimoiy ximoyaga
muxtoj, nogironligi bo‘lgan insonlar holidan xabar olinib, oziq-ovqat maxsulotlari
tarqatildi.
 

 Bunday xayrli tadbirlar tumanimizdagi xonadonlarda
ham davom etmoqda..