Barcha yangiliklar
Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
Gallery image 174344
Gallery image 174345
Gallery image 174346
Gallery image 174347
MAXMUDOV SORDOR ASHUROVICH
01 Iyul 2026
08:54

Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi

Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
Gʻallaorol tumanida kelayotgan qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini isitish uchun mo‘ljallangan ko‘mir mahsulotlari sifati ko‘zdan kechirildi. Tumanga joriy mavsum uchun ajratilgan limit doirasida 21 vagon ko‘mir mahsuloti keltirildi. Jarayon davom etmoqda. Dastlabki 1 ming 400 tonna ko‘mir mahsuloti sifatini o‘rganish maqsadida Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Qorajonov, deputatlar M.Boboyeva va A.Sulaymonov ko‘mir tarqatish omborida bo‘lib, mavjud mahsulotlar holati bilan yaqindan tanishdilar. O‘rganish davomida ko‘mirning sifati, zaxiralar hajmi hamda uni aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish masalalariga e’tibor qaratildi. Mutasaddilar tomonidan mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarur tashkiliy choralar ko‘rilayotgani ta’kidlandi.