Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 174334
Gallery image 174335
Gallery image 174336
Gallery image 174337
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
01 Iyul 2026
08:45

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📚 Yoshlar ta’tili – e’tibor markazida!

📍 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida “Mehnatobod” mahalla hududidagi 19-son umumta’lim maktabida yoshlarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish holati o‘rganildi.

✅ O‘rganish jarayonida maktabda tashkil etilgan to‘garaklar, sport mashg‘ulotlari hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini foydali tashkil etishga qaratilgan tadbirlar bilan tanishildi. Shuningdek, yoshlarni kitobxonlik, sport, ijodiy va madaniy-ma’rifiy faoliyatlarga keng jalb etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🌟 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtini foydali mashg‘ulotlar bilan band etishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.