Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 174187
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
30 Iyun 2026
20:02

Deputat faoliyatidan

Dabusqal’a mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 21- “Dabusqal’a” saylov okrugidan saylangan deputat Ergashev Xamidulla Tayirovich hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi B. Ochilov tomonidan Dabusqal’a mahallasi hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.