Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 174183
Gallery image 174184
Gallery image 174185
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
30 Iyun 2026
19:59

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Oliy Majlis Senatida seminar tashkil etildi

Oliy Majlis Senatida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi hamda boshqa hamkor tashkilotlarning vakillari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Semenarda xalq deputatlari sherobod tumani Kengashi Doimiy komissiya raislari, kotibiyat mutaxassislari hamda Xalq qabulxonasi vakili onlayin tarzda ishtirok etdi.

Unda mahalliy vakillik organlari tomonidan aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarini sessiyalarda eshitish masalalari muhokama qilindi.

Muhokama davomida mahalliy Kengash qarorlarida aniq vazifalar belgilash va ularning ijrosi ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini ta’minlash aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishning muhim omili ekani alohida ta’kidlandi.