Barcha yangiliklar
SESSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
Gallery image 174171
Gallery image 174172
Gallery image 174173
Gallery image 174174
EMINJONOV ABDUXAMID ABDURAXMON O‘G‘LI
30 Iyun 2026
19:35

SESSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tuman Kengashi deputatlari O.Soliyev hamda D.Toshboltayevalar tomonidan "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida Farg‘ona tumani Shohimardon MFY hududidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida oromgohlarda bolalarning mazmunli dam olishi, ma’naviy-ma’rifiy, sport va madaniy tadbirlarning tashkil etilishi, xavfsizlik choralariga rioya qilinishi, to‘garaklar faoliyati hamda yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, mazkur masala bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotlar navbatdagi sessiyada muhokama qilinishi belgilandi.