Barcha yangiliklar
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
Gallery image 174034
Gallery image 174035
Gallery image 174036
Gallery image 174037
Gallery image 174038
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
30 Iyun 2026
18:26

“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 17-Samandarak saylov okrugi deputati I.Axmedov, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan Samandarak oilaviy shifokorlik punktida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosining ta’minlanish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasada reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, aholiga tibbiy-profilaktik xizmatlar ko‘rsatish, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, shuningdek, qonun talablarining amaliy ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida soha mutaxassislarining axborotlari tinglanib, qonun ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tegishli hujjatlar amaldagi qonunchilik talablari asosida tahlil qilindi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar samaradorligini oshirish va qonun ijrosini to‘liq ta’minlash yuzasidan tegishli xulosalar doimiy komissiyada muhokama qilinishi belgilandi.