Barcha yangiliklar
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Gallery image 174026
Gallery image 174027
Gallery image 174028
Gallery image 174029
NOSIROV OXUNJON ASLIDDIN O‘G‘LI
30 Iyun 2026
18:13

Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda

Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalarning ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganishlar olib borilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qarorining tumandagi ijrosi ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida “Charmgar” MFY hududidagi asosiy yo‘l qismining chetiga 3 km masofada lotoklar (ariqchalar) o‘rnatish ishlari olib borilayotganligi ko‘zdan kechirildi.
Mazkur jarayonda Kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, mutaxassis J.Ergashev, hududiy deputat Z.Norova hamda Ekspert guruhi a’zosi O.Nosirov ishtirok etib, qurilish ishlarining borishi va loyiha doirasidagi vazifalarni atroflicha o‘rgandilar.

#24_tavsiya
#ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudirining_ish_rejasi
#Ekspert_guruhi
#Qaror_ijrosi

DEPUTATLAR_FAOLIYATI