Barcha yangiliklar
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Gallery image 173929
Gallery image 173930
Gallery image 173931
Gallery image 173932
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
30 Iyun 2026
17:56

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq tuman hokimi – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Axmedov aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda joylarda mavjud muammolarga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

🔺Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan uy-joy, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bandlik, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha tinglanib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, ayrim masalalarni qo‘shimcha o‘rganish va ijrosini ta’minlash uchun mas’ul idoralar hamda mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

🔺Qabul davomida murojaatlarning ijrosini nazorat qilish, belgilangan muddatlarda ijobiy hal etish va fuqarolarga qonunchilik doirasida asosli javob taqdim etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.