Barcha yangiliklar
FUQARO MUROJAATI DEPUTATLAR NAZORATIDA. MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
Gallery image 173924
Gallery image 173925
Gallery image 173926
Gallery image 173927
Gallery image 173928
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
30 Iyun 2026
17:54

FUQARO MUROJAATI DEPUTATLAR NAZORATIDA. MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga joyida yechim topish hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.Shu maqsadda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 1-“Qoraqalpoq” saylov okrugidan saylangan deputat Yergashboyev Baxtiyor Rustamovich “Mahalla yettiligi” va tegishli tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda “Markaziy” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning murojaati yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlarini olib bordi.O‘rganish davomida murojaatda ko‘tarilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqaro bilan muloqot qilindi hamda mavjud holat joyida o‘rganildi.Muammoning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, uni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida zarur choralar belgilandi.Shuningdek, murojaat ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi va amalga oshiriladigan ishlar deputatlar nazoratiga olindi.Fuqarolar murojaatlariga e’tiborli bo‘lish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.