Barcha yangiliklar
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
Gallery image 173901
Gallery image 173902
Gallery image 173903
Gallery image 173904
Gallery image 173905
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
30 Iyun 2026
17:43

Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Ergasheva tomonidan shahar Tibbiyot birlashmasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida tibbiyot muassasasida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish, fuqarolarni qabul qilish, tor mutaxassislar faoliyati, dori-darmon ta’minoti hamda tibbiy xizmatlarning sifati va qulayligi yuzasidan tahlillar olib borildi.

Shuningdek, bemorlarni qabul qilish jarayonlari, murojaatlar bilan ishlash, navbatlarni tashkil etish, profilaktik tibbiy ko‘riklarning o‘tkazilishi hamda tibbiy xizmatlardan foydalanayotgan fuqarolarning fikr-mulohazalari o‘rganildi.

O‘rganish yakunida tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholiga tezkor va malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirish, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi tomonidan sog‘liqni saqlash sohasida qonun hujjatlari ijrosi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati ustidan deputatlik nazorati tizimli ravishda davom ettiriladi.