Barcha yangiliklar
Oltinsoy tumanida nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
Gallery image 173891
Gallery image 173892
Gallery image 173893
Gallery image 173894
Gallery image 173895
Gallery image 173896
Gallery image 173897
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
30 Iyun 2026
17:43

Oltinsoy tumanida nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi

Tadbirda xalq deputatlari viloyat Kengashining 36-Katta Vaxshivor saylov okrugidan saylangan deputati A.Oripov, xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi A.Turdiyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, mahalla faollari ishtirok etdi.

O‘rganishlar davomida mahalladagi “mahalla yettiligi” faoliyati hamda deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, hududdagi ijtimoiy muammolar, aholining ehtiyoj va takliflari, mavjud kamchiliklar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Nazorat-tahlil tadbirlari jarayonida mahalladagi obodonlashtirish ishlari va infratuzilma holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan eng dolzarb masalalardan biri yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ekani qayd etilib, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tekislash hamda asfalt qoplamasi yotqizish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunida mahallada mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholini qiynab kelayotgan masalalarga tezkor va samarali yechim topish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan tegishli vazifalar belgilab olindi.

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube