Barcha yangiliklar
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Gallery image 173867
Gallery image 173868
Gallery image 173869
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
30 Iyun 2026
16:58

Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 14-“Andijon” saylov okrugi deputati “Adolat” SDP a’zosi U.Mirzakalonov va kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov tomonidan “Andijon” mahallasidagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam
ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash ishlari o‘rganildi. Mazkur mahallada ijtimoiy reestrga kiritilgan 88 nafar kambag‘al oilalar kirtilgan bo‘lib, shundan 24 ta oila davlat ta’minotidagi, 55 ta oila kambag‘al oila va 6 nafar oila kambag‘allik chegarasidagi oilalarni tashkil etadi. Yakka yolg‘iz yashaydigan fuqarolar bir nafar va 10 nafar fuqarolar nogironligi bo‘lganlarga ijtimoiy yordamlar va xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-547-son qonuni ijrosi o‘rganildi.