Barcha yangiliklar
#tavsiyalar #muammolar_daftari #19_1_modda #doimiy_komissiya
Gallery image 173749
Gallery image 173750
Gallery image 173751
Gallery image 173752
Gallery image 173753
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
30 Iyun 2026
14:17

#tavsiyalar #muammolar_daftari #19_1_modda #doimiy_komissiya

#tavsiyalar
#muammolar_daftari
#19_1_modda
#doimiy_komissiya

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov, kotibiyat mutaxassisi I. Ikromov hamda deputat I. Jalilova saylov okrugida bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 Tashrif davomida aholi murojaatlari tinglanib, hududdagi dolzarb muammolar o‘rganildi.

Xususan, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish bo‘yicha kelib tushgan murojaat deputat tomonidan muammolarni qayd etish daftariga rasmiy ravishda kiritildi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19-1-moddasi talablaridan kelib chiqib, hududda qonunchilik ijrosini o‘rganish, davlat dasturlarining amalga oshirilishi va aholi uchun muhim bo‘lgan masalalarni nazorat qilish ishlari ham ko‘zdan kechirildi.

Kotibiyat xodimlari deputat bilan hamkorlikda saylov okrugidagi ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar holatini o‘rganib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqdi. Mazkur tashrif aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish va deputatlik nazoratini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash