Barcha yangiliklar
DMTTlarda yozgi sog‘lomlashtirish davrining tashkil etilishi o‘rganildi.
Gallery image 173675
Gallery image 173676
Gallery image 173677
Gallery image 173678
Gallery image 173679
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
26 Iyun 2026
12:31

DMTTlarda yozgi sog‘lomlashtirish davrining tashkil etilishi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati N.Oxunova tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarida yozgi sog‘lomlashtirish davrining tashkil etilishi, ovqatlanish jarayoni hamda obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlarining tashkil etilish holati, bolalarning xavfsiz va sog‘lom muhitda dam olishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, kunlik ovqatlanish sifati va belgilangan me’yorlarga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, DMTT hududlarida olib borilayotgan obodonlashtirish va sanitariya-gigiyena ishlarining holati ham o‘rganilib, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.