Barcha yangiliklar
Deputat soliq qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi
Gallery image 173596
Gallery image 173597
Gallery image 173598
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
16 Iyun 2026
12:12

Deputat soliq qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi deputati L.Mustafakulova hududdagi mahallalarda soliq qarzdorligini qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida jismoniy va yuridik shaxslarning mavjud soliq qarzdorliklari, ularni undirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda soliq intizomini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda qarzdorlikni kamaytirish, budjet tushumlarini oshirish va soliq to‘lovchilar bilan manzilli ishlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan mavjud muammolarni bartaraf etish, soliq qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.