Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATIDAGI MUROJAAT IJROSI TA'MINLANDI
Gallery image 173581
Gallery image 173582
Gallery image 173583
Gallery image 173584
Gallery image 173585
Gallery image 173586
Gallery image 173587
Gallery image 173588
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
30 Iyun 2026
12:10

DEPUTAT NAZORATIDAGI MUROJAAT IJROSI TA'MINLANDI

DEPUTAT NAZORATIDAGI MUROJAAT IJROSI TA'MINLANDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga OʻzLiDePdan saylangan "16-Algoritm" okrugi deputati, Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamadjanov tomonidan o‘tkazilgan fuqarolar qabuli davomida Taqachi mahallasi fuqarosi Patxilla Yusupjonov tomonidan bildirilgan murojaat ijrosi qisqa muddatda ta'minlandi. Fuqaro murojaatida Zulfizar ko‘chasi 21- va 22-ko‘p qavatli uylar oldidagi ichki yo‘l qismiga asfalt qoplamasi yotqizish masalasini ko‘targan edi. Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, mas'ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

✅ Amalga oshirilgan ishlar natijasida 300 kv. metr maydonga yangi asfalt qoplamasi yotqizilib, hudud aholisining foydalanishiga topshirildi. Shunday qilib, fuqaro tomonidan qabulda ko‘tarilgan murojaatning ijrosi to‘liq ta'minlandi.

📁 Mazkur amaliy natija O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonuni hamda deputatlarning saylovchilar oldidagi mas'uliyatini ta'minlashga qaratilgan qonunchilik talablari asosida fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topilayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

🔼 Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning ijrosini ta'minlash hamda har bir murojaatni deputatlik nazoratida olib borish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.