Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 173523
Gallery image 173524
Gallery image 173525
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
30 Iyun 2026
11:21

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Qurilish, kommunal sohalar, agrar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiyasiga tuman “Suvsoz korxonasi” tomonidan 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti joyiga chiqib muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida komissiya a’zolari tuman “Suvsoz korxonasi” faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi. Tashkilot faoliyati bo‘yicha murojaatlar ijrosi o‘rganildi.

Yozgi mavsumda aholini ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi.