Barcha yangiliklar
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi
Gallery image 173499
Gallery image 173500
Gallery image 173501
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
30 Iyun 2026
11:04

Nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Eliboyev tomonidan o‘z saylov okrugidagi nogironligi bo‘lgan fuqarolarning yashash sharoitlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolarning turmush tarzi, ijtimoiy holati, sog‘lig‘i hamda kundalik ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mavjud muammolar va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Deputat tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan muntazam muloqot qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.