Barcha yangiliklar
📌 Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish ishlari deputat nazoratida
Gallery image 173495
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
30 Iyun 2026
11:03

📌 Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish ishlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N. Mo‘minov Nukus mahallasida hokim yordamchisi M. Nurberdiyev tomonidan aholini bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalladagi 47 nafar ishsiz fuqarodan 34 nafari ish bilan ta’minlangani, qolgan fuqarolar bandligini ta’minlash uchun 454 mln so‘mlik kredit ajratilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, migratsiyadan qaytgan 9 nafar fuqaroning 6 nafari doimiy ishga joylashtirilgan.

Mahalladagi “Kambag‘allik reyestri”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilayotgani qayd etildi. Deputat mavjud vazifalar ijrosi va fuqarolar farovonligini oshirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.