Barcha yangiliklar
📚 Jamoatchilik nazorati — ochiqlik va taraqqiyot garovi
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
30 Iyun 2026
11:00

📚 Jamoatchilik nazorati — ochiqlik va taraqqiyot garovi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati F. Seydabullayeva 2-son politexnika texnikumida o‘qituvchilar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 12-apreldagi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi 474-son Qonuni ijrosi yuzasidan davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbir davomida deputat mazkur qonunning jamiyat va davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlash, fuqarolarning faolligini oshirishdagi ahamiyati haqida tushuntirish berdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berilib, qonun doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.