Barcha yangiliklar

KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
30 Iyun 2026
10:57
30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! Aziz Tuproqqal’a tumani yoshlari!
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputatlari sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, tuganmas kuch-g‘ayrat, o‘qish va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Kuch-g‘ayratingiz va intilishingiz hech qachon so‘nmasin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat va ehtirom ila,
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputatlari