Barcha yangiliklar
Yoshlar kuni munosabati bilan tarbiyaviy tadbir tashkil etildi.
Gallery image 173466
Gallery image 173467
Gallery image 173468
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
30 Iyun 2026
10:55

Yoshlar kuni munosabati bilan tarbiyaviy tadbir tashkil etildi.

Yoshlar kuni munosabati bilan tarbiyaviy tadbir tashkil etildi.
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputatlari, tuman siyosiy partiyalari vakillari, tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi hamda Yoshlar ishlari bo‘limi xodimlari hamkorligida tumanda joylashgan 5-son jazoni ijro etish muassasasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarga davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan yoshlarga oid siyosat, qonunchilikda belgilangan huquq va imkoniyatlar, vatanparvarlik, qonunga hurmat hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi hamda kelgusida hayotda o‘z o‘rnini topish, jamiyatga foydali inson bo‘lib yetishish borasida samimiy tavsiya va tilaklar bildirildi.