Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Isxakov Doniyor Mahmudovich tomonidan 10-Xalqlar do‘stligi saylov okrugi hududida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Gallery image 173414
Gallery image 173415
Gallery image 173416
Gallery image 173417
Gallery image 173418
Gallery image 173419
Gallery image 173420
Gallery image 173421
Gallery image 173422
Gallery image 173423
Gallery image 173424
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
30 Iyun 2026
10:40

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Isxakov Doniyor Mahmudovich tomonidan 10-Xalqlar do‘stligi saylov okrugi hududida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida Xalqlar Do‘stligi mahallasidagi 31-sonli ko‘p qavatli uy hamda 4-, 5-, 57- va 58-sonli ko‘p qavatli uylarning yerto‘la (podval) qismi holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududdagi 4 va 7 qavatli ko‘p qavatli uylarning liftlari faoliyati ham o‘rganildi. Mazkur uy-joylarga zamonaviy talablarga javob beradigan yangi liftlar o‘rnatilgan bo‘lsa-da, ayrim liftlarda texnik nosozliklar kuzatilayotgani va bu holat aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgani aniqlandi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar belgilandi. Liftlardagi nosozliklarni bartaraf etish, ularning uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlash hamda aholi murojaatlariga ijobiy yechim topish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilishi nazoratga olindi.