Barcha yangiliklar
Samarqand–Kattaqo‘rg‘on yo‘li bo‘yidagi tadbirkorlik obyektlarida qonunlar ijrosi o‘rganildi
Gallery image 173396
Gallery image 173397
Gallery image 173398
Gallery image 173399
Gallery image 173400
Gallery image 173401
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
30 Iyun 2026
10:35

Samarqand–Kattaqo‘rg‘on yo‘li bo‘yidagi tadbirkorlik obyektlarida qonunlar ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova, tuman hokimi maslahatchisi O. Norimova hamda tuman Kengashi deputati N. Dusmurodov tomonidan Samarqand–Kattaqo‘rg‘on avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan tadbirkorlik obyektlarida “Davlat tili haqida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

O‘rganish davomida obyektlardagi tashqi reklama vositalari, peshlavhalar, e’lon va axborot matnlari davlat tili me’yorlariga muvofiqligi, reklama joylashtirish tartibi hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi tahlil qilindi.

Reklama va axborot materiallarida davlat tilidan to‘g‘ri foydalanish, imlo va uslubiy xatolarning oldini olish, taqdim etilayotgan ma’lumotlarning qonuniyligi va aniqligiga alohida e’tibor qaratildi.

Monitoring yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga tavsiya berildi.