Barcha yangiliklar
Turkman mahallasidagi muammolar o‘rganildi
Gallery image 173362
Gallery image 173363
Gallery image 173364
Gallery image 173365
Gallery image 173366
Gallery image 173367
Gallery image 173368
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
30 Iyun 2026
10:23

Turkman mahallasidagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova hamda hudud deputati B. Sodiqova tomonidan "Turkman" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ijtimoiy infratuzilma holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.

Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Aholi manfaatlarini ta’minlash va hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.