Barcha yangiliklar
Pastdarg‘om tumanida “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Gallery image 173323
Gallery image 173325
Gallery image 173326
Gallery image 173327
Gallery image 173328
Gallery image 173329
Gallery image 173330
Gallery image 173331
Gallery image 173332
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
30 Iyun 2026
10:11

Pastdarg‘om tumanida “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 22-maydagi DKQ 03-04/46-26-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining "Naslchilik to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish hamda uning tumandagi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

O‘rganishlar davomida chorvachilik subyektlarida nasldor hayvonlarni saqlash, ko‘paytirish, seleksiya ishlarini tashkil etish, naslchilik hujjatlarini yuritish va qonun talablariga rioya etilishi holatlari tahlil qilinmoqda.

Shuningdek,sohada mavjud muammolarni aniqlash, bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda naslchilik faoliyati samaradorligini oshirishga e’tibor qaratilmoqda.
Qonun asosiy maqsadi chorvachilikda nasldorlik sifatini yaxshilash, genetik salohiyatni oshirish, mahsuldorlikni ko‘paytirish hamda sohani ilmiy asosda rivojlantirishdan iboratdir.