Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 28-Chimboy saylov okrugidan saylangan deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlarini tinglash maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Gallery image 173302
Gallery image 173303
Gallery image 173304
Gallery image 173305
Gallery image 173306
Gallery image 173307
Gallery image 173308
Gallery image 173309
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
29 Iyun 2026
10:07

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 28-Chimboy saylov okrugidan saylangan deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlarini tinglash maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 28-Chimboy saylov okrugidan saylangan deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlarini tinglash maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov, Olmazor tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi R.Yoldashev, shuningdek, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti vakili N.Salohiddinov hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan hududdagi ijtimoiy-kommunal infratuzilmaga oid qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Jumladan, oqava suv tizimining talab darajasida ishlamayotgani, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, tabiiy gaz bosimining pastligi, ichki yo‘llar va obodonlashtirish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Mutasaddilar tomonidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi hamda ko‘tarilgan masalalar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Shuningdek, hududda qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, ekologik holatni yaxshilash hamda aholi bilan ochiq muloqotni muntazam yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

Bunday uchrashuvlar fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish, ularning murojaatlariga tezkor yechim topish hamda davlat organlari va aholi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.