Barcha yangiliklar
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
Gallery image 173268
Gallery image 173269
Gallery image 173270
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
29 Iyun 2026
09:42

Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi

Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A. Abdullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi T. Murodov tomonidan Bunyodkor MFYda hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida, ayniqsa, "qizil" va "sariq" toifadagi hududlarda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktika qilish hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, aholi bilan ishlash samaradorligi va belgilangan chora-tadbirlar ijrosi ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Mazkur o‘rganishlar hududlarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilmoqda.