Barcha yangiliklar
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
Gallery image 173261
Gallery image 173262
Gallery image 173263
Gallery image 173264
Gallery image 173265
Gallery image 173266
Gallery image 173267
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
29 Iyun 2026
09:40

Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi

Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T. Murodov tomonidan Yangiobod MFYda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar yakunida tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” asosida Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi joyiga chiqqan holda manzilli o‘rganildi.

O‘rganish davomida belgilangan vazifalarning amalga oshirilish holati, ijro intizomi, olib borilayotgan ishlarning samaradorligi hamda mavjud muammolar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Bunday o‘rganishlar davlat dasturlari va qabul qilingan qarorlarning joylardagi ijrosini ta’minlash, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.