Barcha yangiliklar
"Namuna" MFYda mahalla yettiligi ish samaradorligi o‘rganildi
Gallery image 173219
Gallery image 173220
Gallery image 173221
ALLABERGANOV BABIR FARXADOVICH
29 Iyun 2026
09:31

"Namuna" MFYda mahalla yettiligi ish samaradorligi o‘rganildi

O‘rganish davomida mahalla yettiligi, xususan, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi. Unda Davlatimiz rahbarining 2022-yil 31-martdagi "Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 145-sonli qarori ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

Хotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash, ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlash, ajrim yoqasiga kelib qolgan yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan olib borilayotgan profilaktik suhbatlar samarasi masalalari tahlil qilindi