Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 2-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
Gallery image 19875
Gallery image 19876
Gallery image 19877
Gallery image 19878
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
05 Dek 2024
18:11

XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 2-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

 2024-yil 5-dekabr kuni xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashining navbatdagi 2-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.  

Sessiya kun tartibida Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi doimiy komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida, Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi kotibiyati Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida vaXalq deputatlari Toshloq tumani Kengashida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida masalalar ko‘rib chiqildi.  

Sessiya davomida muzokara uchun so‘z olganlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so‘ng qaror loyihalari bir ovozdan qabul qilindi.