Barcha yangiliklar
🔰Deputat tashabbusi va nazorati amalda.
Gallery image 173186
Gallery image 173187
Gallery image 173188
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
30 Iyun 2026
09:20

🔰Deputat tashabbusi va nazorati amalda.

🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati N.Shamsiyeva o‘zi saylangan “Olmazor” MFYdagi muammolarni bartaraf etishda faollik ko‘rsatmoqda. Mahallaning uzoq vaqt taʼmirtalab bo‘lgan “Navro‘z” va “Yorqin” ko‘chalarida deputat tashabbusi bilan taʼmirlash ishlari olib borildi.

🔹N.Shamsiyeva yo‘llarni shag‘allashtirish va asfalt yotqizish jarayonlarida shaxsan ishtirok etib, ish sifatini qatʼiy nazorat qildi. Ushbu amaliy harakatlar natijasida ko‘chalar ravon holatga keltirilib, aholini qiynab kelgan yo‘l muammosi hal etildi.

🔹Mahalla ahli hududdagi ijobiy o‘zgarishlardan mamnun bo‘lib, deputatga o‘z minnatdorchiligini bildirmoqda.