Barcha yangiliklar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishdi
Gallery image 173115
Gallery image 173116
Gallery image 173117
Gallery image 173118
Gallery image 173119
Gallery image 173120
Gallery image 173121
Gallery image 173122
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
25 Iyun 2026
09:04

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O. Iminov, viloyat Kengashi deputati A. Pardayev, Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov hamda deputat G. Shafoatova tomonidan Termiz tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida muassasadagi ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat ta’minoti, sanitariya-gigiyena talablari hamda moddiy-texnik bazaning holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning joylardagi ijrosi, pedagog xodimlarning faoliyati, bolalarning sifatli ta’lim va tarbiya olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.

O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, muassasa faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarning har tomonlama kamol topishi uchun munosib sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.