Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv
Gallery image 19868
Gallery image 19869
Gallery image 19870
Gallery image 19871
Gallery image 19872
Gallery image 19873
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
05 Dek 2024
17:11

Saylovchilar bilan uchrashuv

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati B.Yo'ldoshev tumandagi "Bektepa" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida deputat aholi bilan suhbatlashib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi. Fuqarolar tomonidan asosan moddiy yordam, kontrakt, kredit olish, ishga joylashish, sog‘likni tiklash, kommunal sohalarda va boshqa masalalardagi murojaatlar aytib o’tildi.

Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar hamda fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzib olinib, fuqarolar murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi ta'kidlandi.