Barcha yangiliklar
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT. XALQARO HAMKORLIK: O‘ZBEKISTON–XITOY
Gallery image 172830
Gallery image 172831
Gallery image 172832
Gallery image 172833
Gallery image 172834
Gallery image 172835
Gallery image 172836
Gallery image 172837
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
29 Iyun 2026
18:22

HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT. XALQARO HAMKORLIK: O‘ZBEKISTON–XITOY

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 1-Qoraqalpoq saylov okrugidan saylangan deputat Yergashboyev Baxtiyor Rustamovich O‘zbekiston Energetiklar Milliy Assotsiatsiyasi delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilayotgan IV Xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda.Mazkur nufuzli ko‘rgazma energetika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya samaradorligi, raqamlashtirish va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan.Ko‘rgazma doirasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari,investorlari va ilmiy markazlari bilan uchrashuvlar hamda muzokaralar o‘tkazilib, quyosh va shamol energetikasi, energiya saqlash tizimlari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, energetika infratuzilmasini raqamlashtirish va sun’iy intellekt yechimlarini qo‘llash masalalari muhokama qilinmoqda.Deputat Yergashboyev Baxtiyor Rustamovichning mazkur xalqaro tadbirdagi ishtiroki investitsiyalarni jalb etish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni hududlar rivojiga tatbiq etish, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.Ko‘rgazma yakunlari bo‘yicha energetika sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va istiqbolli hamkorlik
kelishuvlarini imzolash rejalashtirilgan.