Barcha yangiliklar
Mahalladagi obodonlashtirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalarini muhokama qilindi
Gallery image 172807
Gallery image 172808
Gallery image 172809
TURSUNBAYEVA MASUDA RAVSHANBEKOVNA
29 Iyun 2026
18:02

Mahalladagi obodonlashtirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalarini muhokama qilindi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov tumanning “S.Xondayliqiy” mahallasi raisi hamda faollar bilan mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarining borishi, hududlarni ozoda saqlash, ichki yo‘llar, ariq va zovurlarni tozalash, ko‘chalarni ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun yanada qulay yashash muhitini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

🔺Uchrashuvda huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat xavfsizligini ta’minlash va tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan manzilli ishlash, oilaviy nizolarning barvaqt oldini olish hamda mahallada profilaktika tadbirlarini tizimli tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

🔺Uchrashuv yakunida mahallada obodonlashtirish ishlarini yanada samarali tashkil etish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar yig‘inlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilik hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha kelishib olindi.