Barcha yangiliklar
Fuqaro murojaati o‘rganildi
Gallery image 172777
Gallery image 172778
Gallery image 172779
Gallery image 172780
TURSUNBAYEVA MASUDA RAVSHANBEKOVNA
29 Iyun 2026
17:49

Fuqaro murojaati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Sadirov, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman kengashi raisi, deputat F.Axmedov, “Obod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi G.Maxanova tomonlaridan murojaat muallifi ishtirokida joyiga chiqqan holda batafsil ko‘rib chiqildi.

🔺O‘rganish davomida fuqaro B.Djumashovning murojaatida keltirilgan: avval ishlagan korxonadan dividend undirish, yo‘nalishli qatnovlardagi avtotransport vositalarini elektron ro‘yxatga olish, zamonaviy avtobuslar importi masalalari muhokama qilindi.

🔺Suhbat yakunida fuqaro deputatlar tomonidan huquqiy tushuntirish, taklif va tavsiyalardan qoniqqanligini bildirdi.