Barcha yangiliklar
Fuqarolar salomatligini ta’minlash — doimiy deputatlik nazoratida
Gallery image 172529
Gallery image 172530
Gallery image 172531
Gallery image 172532
Gallery image 172533
Gallery image 172534
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
25 Iyun 2026
16:21

Fuqarolar salomatligini ta’minlash — doimiy deputatlik nazoratida

 Fuqarolar salomatligini ta’minlash — doimiy deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nodira Baratova, Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi raisi Zulfiya Atamurodova hamda tuman Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Farhod Boymirzayev tomonidan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 O‘rganishlar davomida tibbiyot muassasalarida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi hamda fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.

🔎 Shuningdek, qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

📝 Yakunlar bo‘yicha tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, qonun ijrosini samarali ta’minlash hamda aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

🤝 Aholi salomatligini muhofaza qilish, fuqarolarga sifatli va qulay tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati ishlari izchil davom etmoqda.