Barcha yangiliklar
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 19765
Gallery image 19766
Gallery image 19767
Gallery image 19768
Gallery image 19769
Gallery image 19770
Gallery image 19771
Gallery image 19772
NURALIYEV YELNUR NURALIULI
29 Noy 2024
09:23

"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari Zarafshon shahar bo‘limi tomonidan tumandagi yoshlarni vatanparvarlik tuyg‘usini yanada yuksaltirish ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Milliy-armiyamiz yoshlar nigohida" shiori ostida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi O.Umarov va Mudofa vazirligiga qarashli Navoiy viloyatida joylashgan qo‘shilma komandiri podpolkovnik A.Miraxmedov, sektor rahbarlari korxona va tashkilot mutasaddilari va o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi. Uchrashuvda dastlab, tuman hokimi tomonidan yoshlarga Davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan e’tibor, yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi haqida ma’limotlar berildi.

Uchrashuvda yoshlarga berilayotgan e’tibor, imtiyoz va imkoniyatlardan keng foydalanishi va milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish istaklarini yanada oshirishga qaratilgan ma’lumotlar berildi hamda yoshlarning muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi.