Barcha yangiliklar
Tez tibbiy yordam markazi faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 172464
Gallery image 172465
Gallery image 172466
Gallery image 172467
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
29 Iyun 2026
15:44

Tez tibbiy yordam markazi faoliyati o‘rganildi.

Tez tibbiy yordam markazi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Muqimova, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda kotibiyat bosh mutaxassisi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Tez tibbiy yordam markazida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida markaz faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan shoshilinch tibbiy xizmat sifati, dori-darmon ta’minoti, maxsus avtotransport vositalarining holati hamda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.