Barcha yangiliklar
Majburiy ijro byurosida o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 172445
Gallery image 172446
Gallery image 172447
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
29 Iyun 2026
15:37

Majburiy ijro byurosida o‘rganish ishlari olib borildi.

Majburiy ijro byurosida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi F. Temirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Qanoatov tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala yuzasidan tuman Majburiy ijro byurosida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida byuro faoliyati, ijro hujjatlarining bajarilish holati, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda mavjud muammolar tahlil qilindi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ular Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilayotgan masala doirasida muhokama etilishi belgilandi.